Home / Dunyo / AQSh 11 sentyabr voqealarini xotirlamoqda

3 mingga yaqin insonning hayotiga zomin bo'lgan bu hodisa nafaqat, Amerika Qo’shma Shtatlarida, balki butun dunyoda yodga olinmoqda.

AQSh 11 sentyabr voqealarini xotirlamoqda.3 mingga yaqin insonning hayotiga zomin bo'lgan bu hodisa nafaqat, Amerika Qo’shma Shtatlarida, balki butun dunyoda yodga olinmoqda.AQSh va dunyo tarihida misli ko'rilmagan terrorchilik harakati yuz berganiga ham mana 17 yil to'ldi.Shu munosabat bilan bugun Nyu-York va boshqa turli shaharlarda xotira marosimlari o’tkazilmoqda.Har yili 11 sentyabr AQShda “Vatanparvarlar” va “Ibodat kuni” sifatida nishonlanadi. Mamlakatning barcha hududlarida xotira marosimlari o'tkaziladi.Butun mamlakat bo'ylab mahalliy hukumat, universitet, maktab, jamoatchilik uyushmalari tomonidan tashkil qilingan xotirlash marosimlari, motam tadbirlari va xotira kontsertlari bo'lib o'tadi.Federal binolarning barchasida shu kuni davlat bayroqlari tushiriladi.Jumladan bu yilgi marosimlar oldidan ham mamlakat bo’ylab xavfsizlik chora-tadbirlari kuchaytirildi, shuningdek, AQSh kotibligi 11 sentyabr oldidan dunyo miqyosida o’z fuqarolarini ehtimoliy terrorchilik harakatlariga qarshi ogohlantirdi.Eslatma: 2001 yilning 11 sentyabrida N'yu-Yorkda “Boeing 767” rusumli 2 ta yo'lovchi samolyoti Jahon savdo markazining 110 qavatli egizak binolariga kelib urildi.Uchinchi samolyot “Boeing 757” Vashingtondagi AQSh mudofaa vazirligi binosiga qulab tushdi, to'rtinchi samolyot esa, Pitsburg shahridan 80 mil nariga qulab tushdi. Samolyotlar American Airlines va United Airlines aviakompaniyalariga tegishli bo'lgan va terroristlar tomonidan o'g'irlangan.Ushbu terrorchilik harakati oqibatida qurbonlar soni 2977 nafarni tashkil qiladi.Ularning 246 nafari samolyot yo'lovchilari edi.Jahon savdo markazida 2606 kishi, Pentagonga hujum oqibatida  125 kishi halok bo'ldi. Halok bo'lganlarning 72 nafari politsiya va huquq-tartibot idoralarining xodimlari, 343 nafari o't o'chiruvchi, 55 nafari harbiy xizmatchi edi. Qurbonlar orasida  90 ta davlatning fuqarolari ham bor edi.Ushbu terrorchilik harakati Misr, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va Livan fuqarolari bo'lgan jami 19 terrorist tomonidan sodir qilingan.Ular “Al-Qoida” terror tashkilotiga aloqador bo'lib, AQShda qonuniy ravishda yashagan, ularning ba`zilari esa, Amerika uchuvchilik maktablarida tahsil olgan.Bu hodisa Nyu-Yorkka 36 mlrd dollarga yaqin zarar olib keldi.Butun dunyoning vaziyatini tubdan o'zgartirib yuborgan 11 sentyabr voqealaridan so’ng, Amerikaning sobiq prezidenti George V.Bushning buyrug’i bilan Afg’oniston va Iroqda harbiy amaliyotlar boshlandi.Bundan maqsad “Al-Qoida” bazalarini yo'q qilish va terror tashkiloti boshlig'i Usama bin Ladinni o’ldirishdan iborat edi.Lekin, Oq Uyning Yaqin sharqdagi urush siyosati katta norozichiliklarga sabab bo’lgan edi.Bushning “Terrorizmga qarshi kurash kompaniyasi” doirasida tuzilgan AQSh Milliy xavfsizlik xizmati mamlakatda noqonuniy razvedka faoliyatlarini boshlar ekan, “Madaniyatlar to’qnashuvi”ga va Islomofobiyaga zamin yaratgan 11 sentyabr voqealari avvalo AQSh va boshqa g’arb davlatlarida musulmonlarga nisbatan sodir qilingan jinoyatlarning avj olishiga sabab bo’ldi.