Home / Sport / Ektor Koper Toshkentga yetib keldi

Ma`lum bo'lishicha, Ektor Raul Kuper bortida bo'lgan samolyot bugun tongda, soat 06:10da “Islom Karimov” nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo'ndi.

Toshkent xalqaro aeroportida 62 yoshli mutaxassisni kutib olish marosimi tashkil etildi. Bugun soat 15:00da Milliy Olimpiya qo'mitasi anjumanlari zalida Ektor Kuperni muxlislarga tanishtirish marosimi hamda u bilan matbuot anjumani tashkil qilinadi.

Eslatib o'tamiz, Ektor Kuper bundan buyon O'zbekiston milliy terma jamoasini boshqaradi.